Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi qaytarildi

Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi qaytarildi

«O‘zbekkonsert» tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilgan xonandalar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va aktrisa Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berildi.

Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatilishi e’lon qilingach, «O‘zbekkonsert» faoliyati keskin tanqidlarga uchray boshladi.

Jumladan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov «Jahongir Otajonovni yaxshi ko‘rib tinglash uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas» degandi.

Mavzuga oid: Litsenziyavozlik. Nega ijod nazorat qilinishi kerak?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring