Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janjal, giyohvand, aysh-ishrat: Gollivud yulduzlarining farzandlari nima bilan mashg‘ul?

Janjal, giyohvand, aysh-ishrat: Gollivud yulduzlarining farzandlari nima bilan mashg‘ul?

Foto: «Teleprogramma.pro»

Bir qarashda yulduzli oilada tug‘ilish ajoyib, lekin hayotda hammasi buning aksi bo‘lishi mumkin. Yulduzlarning farzandlari ko‘pincha ota-onasi soyasida, umumiy e’tibor bosim ostida yashashadi, ba’zilari hatto pushti-panohlari e’tiboridan butkul chetda qolib ketishadi. Bu esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.

Shvarseneggerning o‘g‘li sportdan yiroq

Besh karra «Koinot janobi» va avlodlar orzusi Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li semizlikdan qiynaladi. Ehtimol, shuning uchun ham aktyorning kichik farzandi Kristofer ko‘p muhokama qilinsa kerak. Bolakay bor-yo‘g‘i 22 yoshda, u Michigan tadqiqot institutida tahsil oladi, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritmaydi, biroq Kristofer har safar omma oldida paydo bo‘lganida, hammayoqni fotosuratlari bosib ketadi. Ko‘rinishidan, bu kichik Shvarseneggerning jig‘iga tegmaydi, chunki u 13 yoshidan semizlikdan qiynaladi va shu paytgacha o‘zgarmagan. Aksincha, vaqt o‘tgan sari to‘lishishda davom etmoqda.

Nasha bilan qo‘lga tushgan Chan

Jeki Chan — giyohvand moddalarga qarshi faol kurashchi va sharq yakka kurashi targ‘ibotchisi. Uning o‘g‘li Jeysi esa bu yo‘ldan yurishni istamadi. Do‘stlari bilan ko‘ngilxushlik qilayotganda uyiga politsiya kelib, tintuv o‘tkazganda Jeysidan 100 g marixuana topishgan (bu juda ko‘p). So‘ngra sud uning narkopriton saqlaganini aniqladi: Jeysi uch yilga qamalishi mumkin edi. Ammo u tergov bilan hamkorlik qilishga qaror qildi, yaxshi ko‘rsatmalar berdi va olti oyga qamaldi. O‘tirib chiqqach, qilgan ishi uchun omma oldida kechirim so‘radi.

Uillis va Mur qizi yolg‘izmi?

«Kuchli yong‘oq» Bryus Uillis bir umr dunyoni qutqardi, lekin qiziga yordam berolmadi. Bryus va Demi Murning qizi Tallula bolalikdan jiddiy psixologik muammolardan va o‘ta ozg‘inlikdan qiynaladi — u bor-yo‘g‘i 43 kilo tosh bosadi.

2015-yili Tallula tana dismorfiyasidan qiynalishini tan oldi: bunda odam tashqi ko‘rinishidan haddan tashqari xavotir oladi.

Ko‘p o‘tmay qizaloqda giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammo boshlandi — ota-onasi uni klinikaga joyladi.

Yugur, Chester, yugur

O‘qimishli Tom Xenks janjal, aysh-ishratlarga berilmagan, umuman, qonun bilan muammosi bo‘lmagan. Biroq o‘g‘li Chester Marlon hayotdagi hamma narsani o‘zida sinab ko‘rishga ahd qilgan ko‘rinadi — amerikalik radioboshlovchi Govard Sternga do‘q-po‘pisa qiladi, Instagramda haqoratli so‘z ishlatadi, YTH sodir etib, butun aybni ota-onasiga to‘nkaydi. Kokainga o‘ralashib qolib, reabilitatsiya markazida ommalashadi...

Ota yuragini changallab bo‘lsa-da, o‘g‘lini qo‘llab-quvvatladi: «Ota-ona sifatida farzandingizni har qanday sharoitda ham yaxshi ko‘rasiz va hayotining har lahzasida qo‘llab-quvvatlaysiz». Hayriyatki, u o‘zini qo‘lga olib, tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring