Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya Bosh prokuraturasi sobiq prezident uchun 30 yil so‘radi

Janubiy Koreya Bosh prokuraturasi sobiq prezident uchun 30 yil so‘radi

Foto: «Nytimes»

Bosh prokuratura sobiq prezident Pak Kin Xe 30 yilga ozodlikdan mahrum qilinishini talab qilyapti. Bu haqda «Reuters» xabar tarqatdi.

Pak Kin Xega 2017-yil aprelida impichment e’lon qilingan, aprel oyida esa u hibsga olingandi. Sobiq prezident korrupsiyada, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda va davlat sirini oshkor etganlikda ayblanmoqda.

Aniqlanishicha, prezident xonimning dugonasi Chxve Sun Sil hech qanaqangi davlat lavozimlarini band etmasdan turib siyosatga ta’sir o‘tkazgan. U o‘z xayriya jamg‘armalariga pul o‘tkazdirib, keyinchalik ularni o‘zlashtirib yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring