Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya yo‘llarida: 42 yillik tarixiy rekord yangilandi

Janubiy Koreya yo‘llarida: 42 yillik tarixiy rekord yangilandi

Foto: « LiveJournal»

«Regnum» xabarida aytilishicha, 2018-yili Janubiy Koreyada yo‘l-transport hodisalari oqibatida 4 ming nafarga yaqin inson nobud bo‘lgan.

Milliy politsiya agentligi hamda Yer, infratuzilma va transport vazirligi qo‘shhisobotida ko‘rsatilishicha, 2018-yili mamlakat hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 3 781 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan.

Qiziq bir statistika: Koreya Respublikasida 42 yil deganda ilk marotaba transport avariyalari oqibatida 4000 nafardan kam inson halok bo‘ldi. 1976-yili mamlakatda YTH oqibatida 3 860 kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumgandi.

2017-yilga solishtirganda esa halok bo‘lganlar soni 9,7 foizga kamaygan. Qolaversa, 13 yoshgacha bolalar o‘limi 37 foizga, mast holda mashina boshqarib halok bo‘lganlar soni 21,2 foizga qisqargan.

Biroq, mashina g‘ildiraklari ostida qolib nobud bo‘lgan piyodalar soni 2018-yilda YTH oqibatidagi o‘limlarning 39,3 foizini tashkil etdiki, bu Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo mamlakatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar yuqoridir.


Solishtirish uchun: O‘zbekistonda 2018-yil davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2262 nafar inson halok bo‘ldi — bu haqda «Xalq so‘zi» O‘zbekiston IIVga asoslanib xabar tarqatgandi.

Mamlakatimiz yo‘llarida bir kunda 6 nafar odam mudhish hodisalar qurboniga aylanmoqda.

Shu ma’lumotga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda ham 2017-yilga nisbatan halok bo‘lganlar soni kamaygan — 8,5 foiz.

Yana bir ma’lumot, 51 milliondan ortiq aholi yashovchi Koreya Respublikasida har 1000 kishiga 441 ta avtomobil to‘g‘ri keladi, 33 million kishilik O‘zbekistonda esa har mingta odamning 83 nafarida avtomobil bor.


Janubiy Koreya tunellarida YTH sodir bo‘lsa nima qilishadi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring