Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 20 oyga qamaldi
Yun Sok Yol va Kim Gon Xi
Seul markaziy okrug sudi hukmiga ko‘ra, Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiyaga aloqadorligi uchun bir yil-u sakkiz oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Prokuratura uchta ayblov bo‘yicha uni jami 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan edi. Biroq sud jarayonida Kim Gon Xi uchta ayblovdan ikkitasida aybsiz deb topildi.
Sud qaroriga ko‘ra, sobiq birinchi xonim faqatgina bitta ishda — Deutsch Motors avtodilerining qimmatli qog‘ozlari bilan firibgarlik qilganlikda aybdor deb topildi.
Bungacha sud Yun Sok Yolni besh yil muddatga qamagan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter