Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Javohir Sindarov AQShlik kuchli raqibi ustidan g‘alaba qozondi

Javohir Sindarov AQShlik kuchli raqibi ustidan g‘alaba qozondi

Foto: FIDE

Javohir Sindarov kuchli raqib ustidan g‘alaba qozondi. 

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Kiprda o‘tayotgan Nomzodlar turnirining beshinchi turida qora donalarda musobaqaning ikkinchi raqamli favoriti, AQShlik Hikaru Nakamurani mag‘lub etdi.

U ushbu turnir tarixida startdayoq 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan ilk o‘yinchiga aylandi.

Kuchli raqiblar (Pragnanandha, Karuana va Nakamura) ustidan qozonilgan ketma-ket g‘alabalar tufayli Sindarov jahon onlayn reytingida 5-o‘ringa ko‘tarildi (4-o‘rinda yana bir o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov bormoqda).

Javohir Sindarov avval Fabiano Karuanani mag‘lub etgan va Nomzodlar turnirida yetakchilikni qo‘lga olgandi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring