Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022 saralashida dastlabki sensatsiya. O‘zbekiston safarda Falastindan mag‘lub bo‘ldi

JCh-2022 saralashida dastlabki sensatsiya. O‘zbekiston safarda Falastindan mag‘lub bo‘ldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun saralash bahslari boshlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Falastinga qarshi maydonga tushdi va sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuv dastlab O‘zbekiston terma jamoasining ustunligi bilan boshlandi. Ammo to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik golli vaziyat yaratishga olib kelmadi. Aksincha, Falastinning qarshi hujumlari ancha xavfli chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim esa to‘lig‘icha Falastin terma jamoasiga ataldi. Avvaliga Ibrahim Dabbah uchrashuvning 60-daqiqasida Eldor Suyunov darvozasiga gol kiritdi. Keyin Islam Batran 84-daqiqada o‘ng qanotdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi.

JCh-2022 saralashi
Falastin - O‘zbekiston - 2:0
Gollar: Oday Ibrahim Dabbah (60). Islam Batran (84)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring