Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jill Baydenning sobiq turmush o‘rtog‘i o‘z xotinini o‘ldirishda ayblanmoqda

Jill Baydenning sobiq turmush o‘rtog‘i o‘z xotinini o‘ldirishda ayblanmoqda

Foto: Oxu

AQShning sobiq birinchi xonimi Jill Baydenning birinchi turmush o‘rtog‘i, 77 yoshli Uilyam (Bill) Stivenson o‘z rafiqasi — 64 yoshli Linda Stivensonni o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Linda Stivenson o‘tgan yilning 28-dekabr kuni Delaver shtatining Nyu-Kasl okrugidagi o‘z uyida jonsiz holatda topilgan. O‘sha kuni kech soat 23:00 lar atrofida politsiyaga oiladagi janjal haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari xodimlari mehmonxonada hushsiz yotgan ayolni topishgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Bir necha hafta davom etgan tergov harakatlaridan so‘ng, 2026-yil 2-fevral kuni katta hakamlar hay’ati Uilyam Stivensonga nisbatan birinchi darajali qotillik ayblovini ilgari surdi. Shundan so‘ng u Uilmingtondagi o‘z uyida qo‘lga olindi. Hozirda u Hovard Yang nomidagi axloq tuzatish muassasasida hibsda saqlanmoqda.

Uilyam Stivenson

Xabarlarga ko‘ra, Linda Stivenson yaqinda «BMB Bookkeeping» buxgalterlik firmasiga asos solgan edi. E’tiborli fakt, ayolning ta’ziyanomasida uning turmush o‘rtog‘i Uilyam haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

Uilyam Stivenson va Jill Bayden (o‘sha paytda Jill Treysi Jeykobs) 1970-yilda, Jill 18 yoshdaligida turmush qurishgan. Ular Delaver universitetida birga tahsil olishgan, biroq besh yildan so‘ng, 1975 yilda ajrashishgan.

Jill Bayden keyinchalik, 1977-yilda Jo Bayden bilan oila qurgan. Sobiq birinchi xonim va Jo Baydenning ofisi Stivensonning hibsga olinishi yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring