Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinsiy axloqsizlikka qo‘l urgan o‘qituvchi va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi

Jinsiy axloqsizlikka qo‘l urgan o‘qituvchi va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri, Mirobod tumanida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklari 8-sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgani haqida xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

11 noyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchilar A. X., B. G. va M. M. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra A. X. Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi; B. G. va M. M. Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

«Qonunchilik talablariga muvofiq ushbu hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanganlar va jabrlanuvchining qonuniy vakili esa hukm nusxasini olgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi apellyasiya sudlov hay’atiga shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkinligi ma’lum qilinadi», deyiladi Toshkent shahar sudlari kanali xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring