Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ota o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Jizzaxda ota o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Foto: IIV matbuot xizmati

2019 yil 12 iyul kuni soat 22.00larda Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida «Mulkanlik» MFYda yashovchi 51 yoshli G‘.R. shu MFYda yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i 46 yoshli D.R. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal sabab 27 yoshli o‘g‘li G‘.J.ning biqin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada G‘.J. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G‘.R.qo‘lga olingan.

Shuningdek, 2019 yil 12 iyul kuni soat 23.30larda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi 41 yoshli A.T. uyi oldida o‘zaro janjal tufayli qo‘shnisi 29 yoshli U.M.ni pichoq bilan jarohatlagan. Natijada U.M. kasalxonaga yotqizilgan. A.T.qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, xar ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring