Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxning Paxtakor tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Jizzaxning Paxtakor tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Jizzax viloyati hokimligi.

Paxtakor tumanida ham hokim o‘zgardi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar berdi. 

Paxtakor tumanida 22-avgust kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Paxtakor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Abduvohidov Husan Bo‘ltakovichni deputatlarga tanishtirdi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimining Husan Abduvohidovni Paxtakor tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Abduvohidov yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Ashurov Asilbek Rahmonovich Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring