Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jo Baydenning inauguratsiyasi boshlandi. Onlayn

Jo Baydenning inauguratsiyasi boshlandi. Onlayn

Foto: «Motherjones.com»

Vashingtonda AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Saylovda mag‘lub bo‘lgan Donald Tramp tarafdorlari tomonidan 6-yanvar kuni Kapitoliyda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar tufayli tadbirni o‘tkazishda jiddiy xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Demokrat, sobiq vitse-prezident, 36 yillik stajga ega kongress a’zosi Jo Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ladi. U 78 yoshida uchinchi urinishda Oq uyning ovalsimon idorasini qabul qilib oladi va tarixda eng keksa davlat rahbari sifatida qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring