Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jomboyda Damashq atirguli yetishtirilyapti

Jomboyda Damashq atirguli yetishtirilyapti

Foto: «Jomboy tongi» gazetasi

Dunyoning sanoqli davlatigina Damashq atirgulidan qimmatbaho efir moyi olib, atir-upa, tibbiyot va kimyo sanoatida qo‘llaydi, eksport qiladi. Atirgul yog‘ining bir grami Saudiya Arabistonida 120 AQSh dollari atrofida baholanadi. Fransiya, Bolgariya, Turkiya va Italiyaning asosiy daromad manbai hisoblangan mazkur yo‘nalish O‘zbekiston sanoati uchun butunlay yangi soha edi.

«Jomboy tongi» gazetasida yozilishicha, uni 20 gektardan ziyod maydonga ekib, katta miqdorda sifatli yog‘ va atirgul gulobi ishlab chiqarish amaliyoti birinchi bor Jomboy tuprog‘ida yo‘lga qo‘yildi. Damashq atirguli bizning sharoitda atiga 20 kun, faqat may oyida «hosilga kiryapti». Ammo natijalar kutilganidan ham ortiq.

– Qanchalik talab yuqori bo‘lmasin, dunyodagi zavod va sexlar imkoniyati yiliga 800 kilogramm atirgul yog‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega xolos, – deydi «Samarkand rose OIL» fermer xo‘jaligi raisi Suxrob Shamsiqulov. – Qoramo‘yin qishlog‘ining iqlim sharoiti mo‘’tadil. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. Buloqlari ko‘p. Yuqori namgarchilik va parlanish shudring hosil qilib, guldagi yog‘ miqdorini ko‘paytirmoqda. Kuniga ming litrdan ziyod atir gul suvi (gulob) va 100 gramga yaqin efir moyi olinyapti. Sex shu yerning o‘zida ishga tushirilgan. Terim avj pallasida. Ikki kilogramm yog‘, o‘n tonnadan oshiq gulob yetishtirib, xorijga eksport qilish bo‘yicha shartnoma tuzganmiz. Mahsulotimiz Fransiya, Turkiya va Rossiya ishbilarmonlarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring