Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jomiy bozori oldidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Jomiy bozori oldidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Foto: FVV

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Jomiy bozori joylashgan hududda yong‘in sodir bo‘lgani videosi tarqaldi.

Favqulotda vaziyatlar vazirgi xabariga ko‘ra, Olmazor tumani  Usta shirin ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi.

Qayd etilishicha, 17 yanvar kuni soat 10:49 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da yetib borib, yong‘in soat 11:24 da qurshab olindi va soat 11:54 da bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 350 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring