Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Joriy yilgi paxta terimida 1 kilo paxta uchun qancha to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Joriy yilgi paxta terimida 1 kilo paxta uchun qancha to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Bu yil qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 1500 so‘m to‘lanadi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilgi terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 1-terimda 1500 so‘mdan, 2-terimda esa 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida «Paxta - 2022» yig‘im-terim ishlari boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring