Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalist bilan birga yana uch kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Jurnalist bilan birga yana uch kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

19-sentyabr kuni Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani hududidan o‘tgan «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi «Tacuma» rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Tacuma» rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval jurnalist Saidjon Maxsumov 36 yoshida avtohalokat sabab vafot etgani xabar qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring