Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Androidda ilovalarni yoppasiga qanday o‘chirib yuborish mumkin?

Androidda ilovalarni yoppasiga qanday o‘chirib yuborish mumkin?

Foto: «Techtoday.in.ua»

Bir foydalanuvchi smartfoniga oyiga o‘rtacha bitta ilova o‘rnatadi. Ilovalarning «og‘irligi» tobora oshib borayotgani nazarda tutilsa, yarim yil — bir yilning nari-berisida xotirada bo‘sh joyning o‘zi qolmaydi hisob. Albatta, android o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirib yuborish imkonini beradi, ammo — bitta-bittalab.

Bir necha dasturni bir yo‘la o‘chirib yuborsa bo‘ladimi?

Albatta, buning uchun, masalan, «Uninstall Perfect» utilitasi kerak bo‘ladi. Dastur oldin o‘rnatilgan ilovalarni nomi, og‘irligi yoki o‘rnatilgan paytiga qarab saralaydi. Ana shu ro‘yxatlardan ma’quli tanlanib, o‘chiriladigan ilovalar belgilab chiqilib, o‘chirish uchun «Uninstall» tugmasi bosiladi.

Diqqat! Har bir ilova o‘chirilishidan avval ogohlantiruvchi yozuv chiqadi, shunga qarab ilovani o‘chirasiz yoki qoldirasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring