Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli halok bo‘lganlar soni 31 taga yetdi

Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli halok bo‘lganlar soni 31 taga yetdi

Foto:«Pixabay.com»


AQShning Kaliforniya shtatida sodir bo‘layotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 taga yetdi, deya xabar bermoqda «Associated Press» axborot agentligi.

Mahalliy hokimiyatdagi manbalarga ko‘ra, yana 228 kishi izsiz yo‘qolgan, kamida 3,5 ming kishi vaqtinchalik turarjoylarga joylashgan.

Hozirgi vaqtda yong‘in deyarli 45 ming gektar hududni qamrab olgan, 6,4 mingdan ziyod uylar yonib ketgan, 15 mingtasi xavf ostida turibdi.

Avvalroq, prezident Tramp yong‘in tufayli shtat hududida favqulodda holat e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

8-noyabr kunidan Kaliforniya shimolida boshlangan «Camp Fire» yong‘ini shtat tarixidagi eng talofatli hodisalardan bo‘lmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring