Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kamp Nou»da «Barselona» tor-mor qilindi. Mbappeda xet-trik

«Kamp Nou»da «Barselona» tor-mor qilindi. Mbappeda xet-trik

Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalida «Barselona» va PSJ o‘rtasidagi dastlabki bahs bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostda boshlandi va 27-daqiqaga kelib Lionel Messi penaltidan to‘p kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Orada 5 daqiqa o‘tib Kilian Mbappe katta sahnaga chqdi.

Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklarning himoyadagi xatolari masalan hal qildi. Mbappening yana ikki goli va Moyze Kin kiritgan to‘p PSJga yirik g‘alaba keltirdi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 11 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

 «Barselona» Ispaniya —PSJ Fransiya 1:4

Gollar: 1:0 – 27, penalti Messi, 1:1 – 32 Mbappe, 1:2 – 65 Mbappe, 1:3 – 70 Kin, 1:4 – 85 Mbappe.

«Barselona»: ter Shtegen, Dest (Mingesa, 71), Langle, Alba, Pike (Puch, 78), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Pedri (Trinkau, 78), Dembele, Messi, Grizmann (Breytueyt, 85).

PSJ: Navas, Kurzava, Kimpembe, Florensi (Kerer, 89), Markinos, Verratti (Draksler, 73), Paredes, Guye (Errera, 46), Ikardi, Kin (Danilu Pereyra, 85), Mbappe.

Ogohlantirish: Guye (20).

Kunning ikkinchi uchrashuvida «Leypsig» va «Liverpul» o‘zaro to‘qnash keldi.

«Leypsig» Germaniya — «Liverpul» Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 53 Saloh, 0:2 – 58 Mane.

«Leypsig»: Gulachi, Mukiyele (Orban, 64), Klostermann, Anxelinyo, Upamekano, Nkunku, Kampl (Hvan Hi Chan, 73), Olmo, Aydara (Poulsen, 64), Adams, Zabitser.

«Liverpul»: Alisson, Robertson, Kabak, Aleksander-Arnold, Henderson, Veynaldum, Jons, Mane, Tiago Alkantara (Oksleyd-Chemberlen, 72), Saloh (Uilyams, 90), Firmino (Shakiri, 72).

Ogohlantirishlar: Aydara (5), Mukiyele (6), Nkunku (52), Anxelinyo (65), Kabak (68), Olmo (76), Henderson (81).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring