Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanadada ishlashni istovchilar uchun talablar e’lon qilindi

Kanadada ishlashni istovchilar uchun talablar e’lon qilindi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Kanada ish beruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Ayni paytda Kanada ish beruvchilari payvandchilar, sanoat qassoblari va har qanday murakkablikdagi tom yopish ishlari amaliyotiga ega bo‘lgan mutaxassislarga qiziqish bildirmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Kanada ish beruvchilariga taqdim etish uchun mazkur davlatda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bazasi shakllantirilmoqda.

Izoh: Ushbu ma’lumot Kanadadagi ish beruvchilarning talablariga to‘g‘ri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun e’lon qilinmoqda.

Talablar:

I. Payvandchi: TIG (Tungsten Inert Gas) va MIG (Metal Inert/Active Gas) da ishlash malakasi bor va alyuminiy bilan payvandlash bo‘yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi.

Qo‘shimcha talablar:

- ingliz tilini bilishi (eng kamida – IELTS 4 daraja);

- fotosurat (3x4) va rezyume;

- pasport nusxasi;

- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

- ishlash jarayoni ko‘rsatilgan qisqa video ma’lumot (3 daqiqa).

II. Canoat qassoblari – faqat muzlatilgan mol yoki qo‘y go‘shtini maydalash (cho‘chqa va parranda go‘shtini maydalash, jonivorlarni so‘yish ishlari emas), ish vaqti soat 7:30 dan 15:30 gacha (o‘zgaruvchan grafikda), ish joyi harorati past xonada ishlashga chidamli (taxminan +8°C) va jismoniy yuklamaga qodir bo‘lishi.

Qo‘shimcha talablar:

- ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilishi va rus tilida gaplasha olishi;

- fotosurat (3x4) va rezyume;

- pasport nusxasi;

- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ishlab chiqarishda qassob yoki suyak tozalovchi sifatida ish staji);

- ishlash jarayoni ko‘rsatilgan qisqa video ma’lumot (3 daqiqa).

III. Tom yopish ishlari: Myetalocherepitsa o‘rnatish tajribasi bo‘lishi shart.

Qo‘shimcha talablar:

- ingliz tilini bilishi (eng kamida – IELTS 5 daraja);

- fotosurat (3x4) va rezyume;

- pasport nusxasi;

- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

- ishlash jarayoni ko‘rsatilgan qisqa video ma’lumot (3 daqiqa).

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomalarga ega bo‘lishi;
  • Sudlanmagan bo‘lishi;
  • Qo‘shimcha muhim ma’lumotlar:

Nomzodlar tomonidan Kanada davlatida ishlashga viza hujjatlarini tayyorlash, ishga jo‘natishdan oldin ekspert tayyorlov treninglarini o‘tkazish, ishga jalb etish uchun ruxsatnoma (work permit) rasmiylashtirish, shuningdek, nomzod maktab va litsey/kasb-hunar kollejini tamomlaganligini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplomlar, pasport va boshqa hujjatlarni tarjima qilish, notarial tasdiqlatish, apostil qildirish, aviachipta va sug‘urta rasmiylashtirish kabi ma’muriy xarajatlarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Ushbu muzokaralar Agentlikning Kanada davlatidagi hamkor va ishonchli vakili «SOBIROVS LAW FIRM» yuridik kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda

Murojaat uchun: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasi 1.

Telefon raqamlari: +998 71 202-33-55 (ichki raqam 23), 1282 (qisqa raqami), + 998 98 111 12 91 (Ro‘ziyev Alisher, Shamsitdinov Hamid)

E-mail: info@migration.uz, al.ruziev@migration.uz

Ro‘yxatdan o‘tish: https://events.sobirovs.com/kanada

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring