Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantindan qochmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi

Karantindan qochmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi

Joriy yilning 20-mart kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan «Moskva-Toshkent» poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Abbosov M.R. epidemik vaziyatga ko‘ra, o‘rnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu fuqaro 21-mart kuni soat 15.30 da belgilangan tartib qoidalarga amal qilmasdan karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan vaqtda karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Avvvalroq Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs Toshkent viloyatida ushlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring