Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yurtimiz hududida aylanib yuribdi» – Nurmat Otabekov

«Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yurtimiz hududida aylanib yuribdi» – Nurmat Otabekov

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bugungi holat haqida ma’lumot berdi:

– Ayni daqiqalarga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 158 nafarni tashkil etdi. Hozirgina Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, u yerda davolanayotgan bemorlarning 22 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti. Mazkur holat bevosita rengionalagik tekshiruvlarda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Davolanayotgan bemorlar 5 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda. Barcha bemorlar tegishli davolash muolajalarini olyapti va ularning har biri tibbiy kuzatuvda.

Hurmatli hamyurtlar! Bugungi kunga kelib Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 90 mingdan ko‘proq fuqaromiz tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Ular orasidan ham kasallik chiqib qolish ehtimoli yo‘q emas. Shunday ekan, kasallik qo‘zg‘atuvchisi yurtimiz hududida aylanib yuribdi. Har birimiz ehtiyotimizni qilishimiz, ortiqcha muloqotga kirishishdan tiyilishimiz kerak.

Qachonki, biz muloqotlarni kamaytirar ekanmiz, kasallik bir odamdan ikkinchi odamga yuqishining oldini olgan bo‘lamiz. Bu davr o‘tkinchi. Karantin tadbirlariga mas’uliyat bilan yondashaylik. Eng asosiysi, sabr-qanoat bilan tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilish, uyda qolish orqali ushbu safarbarlik ishida faol ishtirok etaylik, dedi Nurmat Otabekov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring