Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Katta yo‘lni musiqa eshitib kesib o‘tganlarga qonunchilikda jazo belgilangan

Katta yo‘lni musiqa eshitib kesib o‘tganlarga qonunchilikda jazo belgilangan

Foto: «Andreistp.livejournal.com»

«Piyodalar o‘tish yo‘lagi uzoqroqda bo‘lsa, yo‘lni kesib o‘tish mumkinmi? Yoki buning uchun qonunchilikda javobgarlik bormi?»

Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.

Piyodalarga ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi bo‘laksiz va to‘siqsiz yo‘llardan yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tishlariga ruxsat etiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan, piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek, e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi — eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring