Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelayotgan dushanbada 14 mln. amerikalik «kasal» bo‘ladi. Nega?

Kelayotgan dushanbada 14 mln. amerikalik «kasal» bo‘ladi. Nega?

Hamma gap Superboulda.

Foto: «Korrespondent.net»

Hamma gap Superboulda. Oxirgi o‘tkazilgan so‘rovnoma qariyb 14 mln. nafar amerikalikning yakshanba kungi finaldan keyin dushanbada ishga chiqmasdan o‘zini kasallikka solishini tasdiqlamoqda. Bu haqda «USA Today»ga tayanib «Korrespondent.net» xabar tarqatdi.

Ishchi kuchlar instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, 5-fevral yil davomidagi «eng kasal kun» bo‘ladi. O‘tgan yili shu finalni deb 16,5 million amerikalik ishga chiqmagandi. Chunki o‘yindan keyin ko‘plar g‘alabani nishonlash uchun kechki sayrga chiqadi, do‘stlarinikiga boradi, qovoqxonalarni to‘ldiradi…

Vaziyat jiddiy. Hatto shunchalikka bordiki, bu sport turiga «kasal» amerikaliklar an’anaviy yakshanba finalidan keyingi dushanbani dam olish kuniga aylantirishga ham urinib ko‘rishdi.

Eslatib o‘tamiz, Superboul («superkubok») amerikancha futbol bo‘yicha professional liganing final o‘yinidir. Butun  dunyoga tarqatiladigan bu o‘yinni milliarddan ziyod inson tomosha qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring