Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelgusi yildan chiqindi uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi

Kelgusi yildan chiqindi uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar jismoniy va yurdik shaxslar tomonidan faqat onlayn tarzda barcha elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, bu – sohada aholiga qulay to‘lov tizimini yaratish, billing hisoblarini yuritishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu borada Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi barcha sanitar tozalash korxonalariga tegishli ko‘rsatma berilgan.

Respublikada maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun jismoniy va yuridik shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish va abonentlar hisobini yuritishni faqatgina:

  • Agentlikning “Toza makon” billing tizimi;
  • elektron to‘lov tizimlari;
  • yoki internet aloqasi bilan ta’minlanmagan, hudud markazidan olis masofada joylashgan aholi yashash punktlari uchun istisno tariqasida tijorat banklari kassalari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 7 martdagi 1044-sonli Qonuniga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilar qisqa xabarnoma (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar ulardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring