Kelgusi yildan yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi

So‘nggi yillarda aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi, yana shuncha litsenziya raqamlashdi. Birgina o‘tgan yili 16 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani natijasida tadbirkorlarning 350 milliard so‘mlik xarajatlari tejaldi.
Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotda 2026 yildan yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi belgilandi.
Xususan, auditorlik tashkilotlari, turizm sohasidagi hunarmandlar, turistik axborot markazlari, transport texnik ko‘rigini amalga oshiradigan tadbirkorlar xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.
Hozirda litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibi buzilganda, korxonaga ham, uning rahbariga ham jarima qo‘llanmoqda.
Endi bunday holatlar uchun faqat korxona jarima to‘laydi, mansabdor shaxs javobgarligini esa boshqaruv organi mustaqil hal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter