Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kobuldagi maktabda portlash: kamida 40 kishi o‘ldi, «Tolibon»dan kutilmagan bayonot

Kobuldagi maktabda portlash: kamida 40 kishi o‘ldi, «Tolibon»dan kutilmagan bayonot

Kobul shahridagi maktabda yuz bergan portlashda kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News mamlakat ichki ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shaharning g‘arbiy qismidagi maktabda sodir etilgan uchta portlash natijasida 40 kishi halok bo‘lgan va yana 57 kishi jarohat olgan.

Dastlab bomba yuklangan avtomobil portlab, so‘ngra ikkita raketa hujumi sodir bo‘lgan.

Ayni paytda hech bir guruh yoki shaxs portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

«Tolibon» harakati bu hodisani qoraladi va unga aloqadorlikni keskin rad etdi, deb yozadi nashr.

30-aprel kuni Afg‘onistonning Log‘ar viloyatining ma’muriy markazidagi portlashda 30 ga yaqin odam halok bo‘lib, kamida 60 kishi jarohat olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring