Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘k kit» saudiyalik ikki nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi

«Ko‘k kit» saudiyalik ikki nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi

Foto: «Rugr.gr»

Saudiya Arabistoni hukumati 47 ta videoo‘yinni mamlakatda taqiqlab qo‘ydi. «Global News» kanali xabari asosida «Life.ru» yozishicha, bunga ikki nafar bolaning o‘z joniga qasd qilishi sabab bo‘lgan.

Taqiqlangan o‘yinlar sirasiga «Grand Theft Auto V», «Assassin’s Creed 2» va «Vedmak» o‘yinlari ham kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, saudiyalik 13 yoshli qiz bola va 12 yoshli o‘g‘il bola ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashgan «Ko‘k kit» o‘yini ta’sirida o‘zlarini o‘ldirishgan. «Ko‘k kit»ning boshqa videoo‘yinlar bilan nima aloqasi borligiga Saudiya Arabistoni hukumati izoh bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring