Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kolumbiyaga yirik hisobda yutqazgan Polsha mundialni tark etgan sakkizinchi terma jamoa bo‘ldi (video)

Kolumbiyaga yirik hisobda yutqazgan Polsha mundialni tark etgan sakkizinchi terma jamoa bo‘ldi (video)

Foto: «Championat.com»

Rossiyada davom etayotgan jahon chempionatida ikkinchi tur uchrashuvlari nihoyasiga yetdi. Turning so‘nggi bellashuvi Polsha hamda Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Birinchi turda imkoniyatni boy bergan har ikki terma jamoa ushbu uchrashuvda bor imkoniyatini ishga soldi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bellashuv Kolumbiyaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishiga besh daqiqa qolganda Yerri Mina Hames Rodrigesning uzatmasini boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida esa Radamel Falkao darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Oradan ko‘p o‘tmay yana Hames Rodriges uzoq masofadan Xuan Kuadradoni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Vaziyatdan unumli foydalangan «Yuventus» futbolchisi jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Polsha keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Bunga qadar Saudiya Arabistoni, Misr, Marokash, Peru, Kosta-Rika, Panama va Tunis terma jamoalari ham mundial bilan xayrlashishi ma’lum bo‘lib ulgurgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring