Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuter o‘yinlari zararli emas, aksincha...

Kompyuter o‘yinlari zararli emas, aksincha...

Foto: «Geektimes»

Ko‘pincha bolalarimizning kompyuter va telefonlarda o‘yin o‘ynashidan xavotirga tushamiz. Bu zararli, sog‘lig‘i uchun ziyon-ku, deb o‘ylaymiz. Bo‘lmagan gap! Kompyuter o‘yinlari mutlaqo zararsiz — agar me’yorini bilsak, haddan ziyod berilib ketmasak, elektron o‘yinlarni hatto kattalar va bolalar uchun eng foydali mashg‘ulotlar ro‘yxatiga kiritsa ham bo‘ladi. Negaligini quyidagilarni o‘qib tushunib olasiz degan umiddamiz.

Xilma-xil ovqatlar tanimizga har xil ta’sirini o‘tkazgani kabi, turli janrlardagi kompyuter o‘yinlari ham o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega.

Xotira

Kompyuter o‘yinlari tarixidagi eng mashhur o‘yinlardan biri — asli italiyalik Mario ismli suvsozning sarguzashtlaridir. Qahramonlari charchoq nima bilmasdan tinmay zinapoyalardan ko‘tarilib tushuvchi, platformadan platformaga sakrab tushib mukofotlarni yig‘uvchi bunga o‘xshash o‘yinlar platformerlar deyiladi. Aynan platformerlarni o‘ynovchilarda yengil harakatlanish, xotira va strategik rejalashtirish ko‘nikmalari kuchayadi.

Tetrisga o‘xshash o‘yinlar esa yomon xotiralarni unutish, jarohatlardan keyingi ruhiy siqilishlarda, ovqat va narkotiklardan tiyilishda yordam beradi.

Ko‘rish qobiliyati

Rochester universiteti tadqiqotchilari bir narsani aniqlashdi: birinchi shaxs nomidan o‘ynaladigan shuterlar (masalan, afsonaviy  Call Of Duty o‘yini) narsa-buyumlarning mayda detallarini va bir qarashda farqlash oson bo‘lmagan kulrang tusining ham farqli turlarini ajratish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu nimaga kerak? Masalan, tumanli ob-havoda mashina haydayotganda.

Miya

Shuterlar bir paytning o‘zida juda ko‘p ish bajarilganda diqqatni jamlay olish va ish qobiliyatini saqlab qolishni ham ta’minlaydi. Geymerlar bir ishdan ikkinchisiga oson o‘tib keta oladilar. Ammo mashg‘ulotlarni cho‘zib yuborish yaramaydi. Tadqiqotchilar haftasiga monitor qarshisida besh soatdan ortiq o‘tirmaslikni tavsiya etishadi.

Ruhiy sog‘lomlik

Keng iste’molchilar doirasi uchun mo‘ljallangan kazual o‘yinlar (Bejeweled, pazllar va hokazo) oddiyligi va do‘stona interfeysi bilan ajralib turadi. Qoidalari murakkab emas, mabodo o‘yinchi qiynalib qolsa o‘yinning o‘zi unga nima qilish kerakligini maslahat beradi. Bu, masalan, jamoat transportida «yo‘lni qisqartirish» uchun eng yaxshi o‘yin. Ammo berilib ketmang — bekatingizdan o‘tib ketishingiz mumkin!

Kazual o‘yinlar kuniga 30 daqiqa o‘ynalsa yetarli — depressiya va bezovtalikni ancha aritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring