Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kontraktda o‘qiydigan talabalar faqat bazaviy stipendiya oladi (infografika)

Kontraktda o‘qiydigan talabalar faqat bazaviy stipendiya oladi (infografika)

Foto:«Xabar.uz»

«Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, OTMlarda stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Shuningdek, avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga bazaviy stipendiya miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Infografika: «Ta’lim yangiliklari» kanali

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring