Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan 62-o‘lim qayd etildi

Koronavirusdan 62-o‘lim qayd etildi

Illyustrativ foto

Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q.da joriy yil 9-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, unga «COVID-19» infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

U, shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar sirrozi kasalliklari bilan ham og‘rib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring