Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalganlar soni 261 nafarga yetdi

Koronavirusdan tuzalganlar soni 261 nafarga yetdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Sog‘ayganlarning 13 nafari charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, «Botanika» sanatoriysi hamda O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanishni boshlashgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Ulardan 13 nafari poytaxtimizdan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 32 nafarga yetdi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 36 nafarga yetib, jami 261 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring