Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Land Rover» har qanday sharoitda ham ishlay oladigan o‘ta mustahkam smartfon yaratdi

«Land Rover» har qanday sharoitda ham ishlay oladigan o‘ta mustahkam smartfon yaratdi

«Land Rover» smartfoni.

Foto: «Motor»

«Jaguar Land Rover» guruhi o‘ta kuchli mustahkamlikka ega «Explore» nomli smartfonni yaratdi. Uning taqdimoti joriy yilning mart oyida Barselonadagi «Mobile World Congress»da bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi «Motor».

Smartfon «Bullitt Group» firmasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, qattiq va sho‘r suvlarda, ekstremal harorat o‘zgarishlarida, yuqori namlik va silkinishlarda ishlashga qodir. Gadjet 1,8 metr balandlikdan tashlab yuborilsa ham uning ekrani darz ketmaydi.

Foto: «Motor»

«Land Rover Explore» «Android Nougat» amaliy tizimida ishlaydi. Smartfonga o‘n yadroli «MTK Helio X27» protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 4 gigabaytni, ichki xotirasi 64 gigabaytni tashkil etadi. Displeyi — 5 dyuymli Full HD. Asosiy kamerasi 16 megapiksell.

Smartfonga sig‘imi 4000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, telefon ikki kun davomida bemalol quvvatlantirilmasdan ishlay oladi. Ushbu sig‘imga qoniqmaydiganlar uchun 4370 mA/soatli qo‘shimcha batareya ham taklif qilinadi.

Smartfon uchun buyurtmalar 26-apreldan boshlab qabul qilinadi. U hozircha 649 yevroga baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring