Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litvada qabriston o‘g‘rilariga qarshi chora o‘ylab topildi

Litvada qabriston o‘g‘rilariga qarshi chora o‘ylab topildi

Foto: «Budclub.ru»

Litva sug‘urta kompaniyalari 2-noyabr — Marhumlar kuni arafasida barcha qabrlarning sug‘urtalanishini e’lon qildi, deb xabar berdi «REGNUM». Bunday xizmat Litvada oldin ham mavjud bo‘lgan, faqat shu kuni keng ommalashadi.

Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, odamlar mozorni ziyorat qilishga kelgan zahoti qabrlarga zarar yetganini ko‘rishadi. Ikkinchidan, aynan hozir qabrlar qaroviga ko‘proq pul va vaqt sarflashmoqda, bu esa o‘g‘rilarni o‘ziga jalb etmay qolmayapti, — deydi Litvadagi sug‘urta kompaniyalaridan birining vakili Ayvaras Tumenas. Sug‘urta qiluvchilar so‘ziga ko‘ra, talonchilar qabr to‘siqlarini, haykal va guldonlarni o‘g‘irlab ketishmoqda.

Tumenasning aytishicha, Litva bo‘yicha qariyb 1,5 mingta mijoz qabrlarni sug‘urtalagan. Talon-taroj qilingan qabr uchun to‘lov o‘rtacha 700 yevroni tashkil etadi. Buzg‘unchiliklarga o‘g‘ri va vandallar, shuningdek, tabiiy ofatlar aybdor hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring