Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

London birjasida ilk marta o‘zbek so‘mida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiya o‘tkazildi

London birjasida ilk marta o‘zbek so‘mida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiya o‘tkazildi

Foto:«Irish Times»

18-may kuni London fond birjasida «SamarkandBonds» nomiga ega o‘zbek so‘mida, Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) obligatsiyalari joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmatiga asoslanib  «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Manbada qayd etilishicha, umumiy chiqarilgan hajm - 80 mlrd so‘m, qoplash muddati - 2 yil, kupon stavkasi - yiliga 9,5%.

Obligatsiyalarni sotish borasida, Yevropaning aktivlarni boshqarish bo‘yicha uchta kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi. Bitimlarni tashkillashtirishni ING Capital Markets brokerlik kompaniyasi o‘z zimmasiga oldi. Ushbu obligatsiyalar shartlari bo‘yicha ma’lumotlar Bloomberg agentligi terminalida joylashtirilgan.

Xabarda qayd qilinishicha, olingan mablag‘lar O‘zbekistonda kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada kredit liniyasini ochishga yo‘naltiriladi.

«Ushbu bitim xalqaro kapital bozorlarida o‘zbek so‘mida qimmatli qog‘ozlar bilan o‘ziga xos birinchi amaliyot hisoblanadi. Xalqaro bozorlarda o‘zbek so‘mida ko‘rsatilgan obligatsiyalarning paydo bo‘lishi mamlakat obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, institutsional investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini oshiradi», - deyiladi Markaziy bank xabarida.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring