Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotereyada salkam 10 mln dollar yutgan ayol pulni sobiq hamkasblari bilan bo‘lishdi

Lotereyada salkam 10 mln dollar yutgan ayol pulni sobiq hamkasblari bilan bo‘lishdi

Foto: Hoosier Lottery

AQShning Indiana shtatida yashovchi ayol lotereyada 9,9 mln dollar yutdi. U katta yutuq umidida 11 yil tinmay lotereya o‘ynab kelgan, 2025-yil 16-avgustida xarid qilgan chiptasi nihoyat omad va boylik keltirdi, deyiladi xabarda.

U zavodda ishlar, lotereya chiptalarini sotib olishni esa kanda qilmasdi. Keyinchalik to‘rt nafar hamkasb do‘sti ham uni qo‘llab, birga lotereya sotib oladigan bo‘lishdi. Ishdan bo‘shab ketganiga qaramasdan, ayol o‘sha sobiq hamkasblarini qo‘llashga, yutug‘ini baham ko‘rishga qaror qildi.

«Sobiq kasbdoshlarim bu pulga nima qilishni allaqachon hal qilib bo‘lishdi. Kimdir mashina, kimdir uy olmoqchi, yana biri omonatga qo‘ymoqchi», dedi omadli chipta sohibasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring