Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lushchan «So‘g‘diyona»dagi faoliyatini superkambek bilan boshladi

Lushchan «So‘g‘diyona»dagi faoliyatini superkambek bilan boshladi

Foto: www.fcsogdiana.uz

O‘zbekiston superligasining 6-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Dramatik ruhda kechgan uchrashuvda maydon egalari katta iroda ko‘rsatib, 15 daqiqa ichida uchta gol urdi va g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib olishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Zohir Pirimov va Azizbek Turg‘unboyev mezbonlar darvozasini ishg‘ol etib, o‘yin taqdirini hal etgandek edi, go‘yo. Ammo o‘yin yakuniga 15 daqiqa qolganda barchasi o‘zgarib ketdi.

Avvalida Jahongir Abdumo‘minov 78-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Dilmurod Karimov muvozanatni tikladi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Izzatilla Abdullayev uchinchi golni jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa «So‘g‘diyona»ni bir necha kun oldin qabul qilgan murabbiy Sergey Lushchan yangi jamoasidagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.

«So‘g‘diyona» – «Navbahor» 3:2
Gollar: J. Abdumo‘minov (78), D. Karimov (80), I. Abdullayev (90+3), — 3:2. Z. Pirimov (3), A. Turg‘unboyev (38)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring