Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vaziri tizimdagi ayrim rahbarlarni ishdan oldi, hayfsan berdi

Madaniyat vaziri tizimdagi ayrim rahbarlarni ishdan oldi, hayfsan berdi

Foto: Madaniyat vazirligi

Bugun, 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Unda kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining va Toshkent shahar prokuraturasining taqdimnomalarining ijrosi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishining oldini olish haqida so‘z bordi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaror va farmonlari ijrosi, kamchiliklar muhokama qilindi.

«Turkiston» saroyiga yig‘ilgan 200 nafardan ortiq madaniyat va san’at sohasida ish faoliyatini olib borayotgan rahbarlar bilan barcha mavzularda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochiq suhbat olib bordi.

Majlisda madaniy meros ob’yektlariga alohida urg‘u berildi, ularning hozirgi kundagi holati, soni va bu borada amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar belgilandi. Vazir ta’mirtalab madaniy meros ob’yektlarini restavratorlarning kamligi bois ob’yektlarni konservatsiya qilish choralarini ko‘rish, ularni faqat mutaxassis yordamida tiklash ishlarini amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Ayrim viloyatlarda bu borada qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etmagan rahbarlarga nisbatan «ogoxlantirish», «hayfsan» e’lon qilindi va bir qator viloyat inspeksiyalari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Vazir respublikadagi teatr va muzeylarning ish faoliyatini tubdan o‘zgartirish lozimligi, davlat hususiy sherikchiligi asosida yangi izlanishlar joriy etish zarurligini aytib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring