Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Majburiy ijro byurosi to‘lanmagan soliqlarni undirmoqda

Majburiy ijro byurosi to‘lanmagan soliqlarni undirmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi, Majburiy ijro byurosi va Markaziy bankning 2017-yil 7-iyuldagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi hamda soliq qarzdorliklarini majburiy undirishda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qo‘shma ko‘rsatmasiga asosan MIBning Buxoro viloyati boshqarmasi bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida jami  239,1 mlrd. so‘mlik 2008 ta ijro hujjatining ijrosi tamomlanib, shundan 1279 tasi bo‘yicha 230,1 mlrd. so‘mlik to‘lanmagan soliqlar undirilgan.

Xatlangan mol-mulklardan jami 7,5 mlrd. so‘mlik mol-mulklar «ye-auksion» elektron savdolari orqali sotuvga chiqarildi.

MIB va DSB hamkorligida to‘lanmagan soliqlarni undirish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring