Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makedoniyaning nomi o‘zgardi

Makedoniyaning nomi o‘zgardi

Foto: «Korrespondent.net»

Makedoniya parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishni tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat nomi Makedoniya Respublikasidan Shimoliy Makedoniya Respublikasiga o‘zgartirildi.

Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishni 81 nafar deputat, ya’ni parlamentning uchdan ikki qismi yoqladi.

Davlat nomini o‘zgartirish zaruriyati Makedoniyaning Yevroittifoq va NATO bilan aloqalar o‘rnatishidagi qarshiliklar bilan bog‘liq. Makedoniya Respublikasi nomiga tarkibida Makedoniya nomli viloyati bo‘lgan Gretsiya qarshi chiqqan. Shu sababli Yugoslaviya Federativ Respublikasi tarqalib ketgach Makedoniya BMTga Makedoniya sobiq yugoslav respublikasi nomi bilan, grek xaritalariga esa Skopiya (poytaxt - Skopye bo‘yicha) nomi bilan kiritilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring