Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til sanasi e’lon qilindi

Maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til sanasi e’lon qilindi

Prezidentning «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qo‘shimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi ta’til 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 18 mart (shanba) 3-chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, 4-chorak 27-mart sanasidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring