Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malaka oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

Malaka oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

Ayubxon Radjiyev.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur lavozimni Koreyaning nufuzli universiteti bitiruvchisi Radjiyev Ayubxon Baxtiyorxonovich egalladi. Ayubxon Radjiyev KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) - Koreya Ilg‘or ilm-fan va texnologiyalar institutining bakalavr hamda UNIST (Ulsan national Institute of Science and Technology) — Ulsan Ilm-fan va texnologiyalar milliy institutining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Ayubxon Radjiyev ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Uzluksiz ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i, Ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar A.Radjiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantrish agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring