Marokashda uzluksiz yetti yil qurg‘oqchilikdan so‘ng suv toshqini yuz berdi
Marokashning Safi muzofotida suv toshqinlari 21 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi MEDI1TV telekanali.
Muzofotda yetti yil davom etgan qurg‘oqchilikdan so‘ng birinchi marta toshqin yuz berdi. O‘tgan yakshanba kuni Safida momaqaldiroq aralash kuchli yomg‘ir yog‘di. Shahardagi 70 uy va do‘konni suv bosdi, yo‘l infratuzilmasi va o‘nga yaqin avtomobilga zarar yetgan.

Jabrlanganlarning aniq soni noma’lum. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda. Qurbonlar soni oshishi mumkin.
Avvalroq Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yirik suv toshqinlaridan aziyat chekkandi. Noyabrda boshlangan «Ditva» sikloni Vetnam, Laos, Tailand, Shri-Lanka, Malayziya va Indoneziyani qamrab olgandi. Jami halok bo‘lganlar 1000 nafardan oshgan — qurbonlar, bedarak yo‘qolganlar va jabrlanganlarning aniq soni haligacha ma’lum emas.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter