Mashhur toshbaqa 141 yil yashadi
San-Diyego (Kaliforniya, AQSh) hayvonot bog‘ining eng qari jonivori — galapagos toshbaqasi 141 yoshida o‘ldi.
«Buvijon» laqabli ushbu toshbaqa San-Diyego hayvonot bog‘iga Bronks hayvonot bog‘idan 1928-1931-yillarda ilk galapagos toshbaqalari qatorida keltirilgan.
Bir toshbaqaning uzoq umri davomida ikkita jahon urushi bo‘lib o‘tdi, AQShda 20 marta prezident almashdi.
Galapagos toshbaqalari yovvoyi tabiatda 100 yildan ziyod, tutqunlikda bundan ikki hissa ko‘p yashashi mumkin. Eng mashhur Harriyet laqabli galapagos toshbaqasi Avstraliya hayvonot bog‘ida 175 yil yashagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter