Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast haydovchining qilig‘i noxush voqeaga sabab bo‘ldi

Mast haydovchining qilig‘i noxush voqeaga sabab bo‘ldi

27 may kuni Ellikqal’a tumani, Qilchinoq OFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida, 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan holda, «Lacetti» rusumli avtomobilni mast holda boshqargan.

Haydovchi qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib, ro‘parasidan, o‘z yo‘lida kelayotgan haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan J.I. boshqaruvidagi «Labo» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Zarb oqibatida «Labo» avtomobili ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi M.N. mast holda avtomobil boshqarganligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring