Mast odamni chaqqan ilon alkogoldan zaharlanib o‘ldi

Xorvatiyada mast odamni chaqqan ilon alkogoldan zaharlanib o‘ldi. Bu haqda mahalliy News Bar portali xabar berdi.
42 yoshli Shtef Radulich ish yuzasidan uchrashuvdan chiqib, uyiga piyoda qaytayotgan edi. U mast edi. Shu bois yo‘lda yotgan ilonni payqamadi. Faqat oyog‘idagi qattiq og‘riqdan so‘ng o‘rmalab ketayotgan ilonga ko‘zi tushdi.
Uning aytishicha, ilon o‘zini g‘alati tutgan: majolsiz, gandiraklab, boshi bilan daraxtga ikki marta urilgan. Radulich ilonni ko‘tarib veterinarga olib borganida gazanda o‘lib bo‘lgandi.
Ekspertiza ilon qonidagi alkogol darajasi 5,1 g/kg ekanini ko‘rsatdi, ya’ni bu dozadan ilon omon qolmaydi.
Shtef Radulichga esa ilon zahari ta’sir qilmadi. Shifokorlar alkogol toksinni zararsizlantirgan, deb taxmin qilishmoqda.
Buni o‘qiganlar aslo noto‘g‘ri xulosa chiqarmasliklari kerak, aslida alkogol — sekin o‘ldiruvchi eng kuchli zahar, hatto ilon ham dosh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter