Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mavzuga qaytib... «Surgun» qilingan oqdaryolik shifokorlar o‘z ishiga qayta tiklandi

Mavzuga qaytib... «Surgun» qilingan oqdaryolik shifokorlar o‘z ishiga qayta tiklandi

Foto: «Publimetro»

Saytimizda e’lon qilingan «Oqdaryoda erkaklar tug‘adimi?» sarlavhali maqola esingizdami? Unda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori ayol vrachlarni ishdan olib, hammasining o‘rniga erkak vrachlarni qo‘ygani, ayol mutaxassislar ishsiz qolgani, ayrimlari eng olis qishloqlarga «surgun» qilingani yozilgan edi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali aralashuvi bilan adolat tantana qilgani, ammo hali bosh vrach Namoz Ochilov fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi qarorini tan oladimi yo uni ham e’tiborsiz qoldirib, o‘z bilganicha ish tutadimi, bunisi qorong‘u ekani ham bayon qilingan edi.

«Xabar.uz» bilan bog‘langan maqola qahramonlari, voqea jabrdiydalari bo‘lgan tug‘ruq bo‘limi mudirligi lavozimidan olingan ginekolog vrach Hulkar Ravshanova va shu bo‘lim ginekologi Muhabbat Saidovalar tahririyatimizga minnatdorchilik bildirishdi.

− Har ikkalamiz ham o‘z ish o‘rinlarimizga tiklandik, − deyishdi vrachlar. – O‘z lavozimlarimizda ishimizni qaytadan boshladik.

− Bosh vrach tomonidan yovqarash, noxush munosabatlar bo‘lmadimi? – qiziqdik.

− Bosh vrachimiz Namoz Ochilov sud qarori ijrosini ta’minlab, tegishli buyruqni chiqardilar, bo‘lib o‘tgan ishlarga munosabat bildirmadilar, − deyishdi shifokorlar. – Ammo barcha vrachlar yaqin kunlarda attestatsiyadan o‘tkazilishini, bu attestatsiya o‘ta qattiq bo‘lishini aytdilar. Hozir attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayapmiz.

Shifokorlarga attestatsiya sinovida ham muvaffaqiyat tilaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring