Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi «Barselona»ni tark etdi

Messi «Barselona»ni tark etdi

Foto: «Nachedeu.com»

Hujumchi Lionel Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolamadi. Bu haqda bugun, 5-avgust kuni futbol klubi saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan, biroq uni iqtisodiy va tizimli to‘siqlar (La Liga qoidalari) tufayli rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Natijada Messi «Barselona»ni tark etadi.

«Ikkala tomon ham futbolchi va klubning istaklari oxir-oqibat amalga oshmaganidan qattiq afsusda», — deyiladi xabarda.

«Barselona» klubi futbolchiga klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda unga shaxsiy va professional hayotida omad tiladi.

34 yoshli Messining «Barselona» bilan shartnomasi 30-iyun kuni tugagandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomani 5 yilga uzaytirish niyatida bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring