Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi Ispaniya tarixidagi eng yaxshi ikkinchi «joker»

Messi Ispaniya tarixidagi eng yaxshi ikkinchi «joker»

Foto: «Sportsdaily.ru»

«Opta»ning xabariga ko‘ra, kuni kecha, 7-fevral kuni «Barselona» futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 22-turida «Betis»ga safar qildi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Borxa Iglesias kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

«Barselona» sardori Lionel Messi 57-daqiqada maydonga tushib, oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng «Betis» jamoasi tinimsiz hujumlar ostida qoldi.

Messi nafaqat o‘yinni o‘zgartirib yubordi, balki keyingi rekordga ham yaqinlashib oldi. O‘yinning 59-daqiqasida kiritilgan goli zaxiradan maydonga tushib urishga muvaffaq bo‘lgan 27-goliga aylandi.

Bu borada argentinalik futbolchi «Real Sosedad» sobiq o‘yinchisi Oskar de Paulga tenglashib oldi. Zaxiradan maydonga tushib gol urish borasida birinchi o‘rin hali-hanuz «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xulio Salinasga tegishli bo‘lib qolmoqda, ammo u bor-yo‘g‘i bitta gol oldinda boryapti — uning hisobida 28 ta ana shunday gol bor.

«Betis» — «Barselona» 2:3

Gollar: 1:0 — Iglesias (38), 1:1 — Messi (59), 1:2 — avtogol Ruis (68), 2:2 — Ruis (75), 2:3 — Trinkau (87).

«Betis»: Robles, Emerson, Moreno, Mandi, Ruis, Fekir (Kanales, 83), Akuoku (Rodriges, 75), Ruibal (Rodri, 65), Guardado, Xuanmi (Telyo, 75), Iglesias (Moron, 82).

«Barselona»: Ter Shtegen, Arauxo (De Yong, 11), Langle, Mingesa, Alba, Puch (Messi, 57), Buskets (Umtiti, 78), Pyanich (Trinkau, 57), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Pedri, 46).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring